Kevin Amaro: "O'zbekiston - biz uchun sirli jamoa"

Alisher Ostonov
11 okt 2025
Kecha Urugvay va Dominikan Respublikasi terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik o'yinidan so'ng janubiy amerikaliklar o'yinchisi Kevin Amaro saytimizga o'z fikrlarini bayon etdi.

"O'yin haqiqatan ham juda shiddatli bo'ldi. So'nggi paytlarda biz juda yaxshi o'ynayapmiz va zarur paytlarda o'zimiznga kerakli o'yinni namoyish eta oldik. 

O'zbekiston - biz uchun ancha sirli jamoa. Yaqin kunlarda ularni tahlil qilamiz, maydonda qanday joylashishlari va qanday o'ynashlarini o'rganamiz. Hozir esa dam olishimiz kerak", - dedi Kevin Amaro Dominikan Respublikasi ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng.


Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia