Kimmix: "Robben maydonni erta tark etgani yaxshi ish bo'lmadi"

Aslanov Jasurbek
26 apr 2018
"Bavariya" yarim himoyachisi Joshua Kimmix "Real"ga qarshi Chempionlar ligasi yarim final ilk uchrashuvida jamoadoshi Aren Robben maydonni erta tark etgani haqida fikr bildirdi.

Eslatib o'tamiz, gollandiyalik futbolchi o'yin boshida jarohat oldi va sakkizinchi daqiqada Tyago Alkantara uning o'rnini to'ldirdi.

"Robben maydonni erta tark etgani yaxshi ish bo'lmadi. U ko'pchilikning e'tiborini o'ziga tortib, men uchun bo'sh zona yarata oladigan futbolchi edi. Myuller bu ishni uddalay olmaydi demoqchi emasman" - deydi Kimmix.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: UEFA