Klattenburg Ronalduning chetlatilishi borasida izoh berdi

Narzulla Saydullayev
20 sen 2018
Angliyaning "Daily Mail" nashri taniqli hakam Mark Klattenburgdan Ronaldu bilan yuz bergan holat bo'yicha fikr oldi.

- Krishtianudan omad yuz o'girdi. Kichik turtilishdan so'ng Murilo yiqildi. Lekin buni agressiv harakat deb bo'lmaydi. Engil kontakt yuzaga keldi. Men bir narsani tushunmayapman, qanday qilib bunday harakat uchun Ronalduni chetlatish mumkin? Agarda men bo'lganimda, bu vaziyatda har ikkala futbolchini ogohlantirib, jarima zarbasi belgilagan bo'lardim. Ronaldu diskvalifikaciya tufayli bir o'yinni o'tkazib yuborishi lozim. Bundan ortig'i ko'p.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia