Klopp - Brunu haqida: "Afsuski, u zo'r futbolchi"

Mirjalol Normatov
16 yanv 2021
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Brunu Fernandesh haqida gapirdi.

"U ajoyib futbolchi. Uning bu erga kelgunicha biz AQSHdagi turneda "Sporting" bilan o'ynaganimizda bizga qarshi o'ynagandi. Vau! Uning jamoani o'zgartirib yuborganini shundoqqina ko'rib turibmiz.

Brunu tezda moslashdi va "Yunayted"ning o'yiniga ta’sir o'tkazdi. U nafaqat gollarda ishtirok etadi, balki, boshqa ko'plab epizodlarda qatnashadi. Uni juda yaxshi bilaman. Afsuski, u "Yunayted" uchun juda zo'r transfer bo'ldi", - dedi Klopp.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal