Klopp: "Lallana "Liverpul" afsonasiga aylanib ulgurdi"

Alisher
8 iyul 2020
"Liverpul" bosh murabbiyi joriy mavsum so'nggida klub bilan shartnomasi tugaydigan yarim himoyachi Adam Lallana haqida gapirdi.

"Lallana "Liverpul"dan kyetishini hamma tushunib turibdi. Adam - ajoyib futbolchi, mashg'ulotlar sifati bo'yicha eng yaxshi futbolchilardan biri. U har doim o'zini eng yaxshi tomondan ko'rsatadi va ajoyib holatda bo'ladi.

Lallana men jamoa boshqaruvini qo'limga olganimdan beri eng muhim futbolchilardan biri bo'ldi. Unga kelgusida eng yaxshi tilaklarni tilayman. U bizning klubda afsona", - deydi germaniyalik mutaxassis.

Lallana "Liverpul"da 2014 yildan beri o'ynab keladi.


AlisherMuallif
Manba: Goal