Klopp: "Zo'r yarim himoyachilar keldi. Bundan xursandman"

Mirjalol Normatov
14 iyul 2023
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp jamoaga yangi kelgan yarim himoyachilar haqida gapirdi.

"Qizillar" yangi mavsum arafasida yarim himoya chizig'ini Dominik Soboslai hamda Aleksis Makkalister bilan kuchaytirdi.

"Juda xursandman! Ikki zo'r futbolchilar. Aleksis Makkalisterga hozirdanoq laqab o'ylab qo'ydim - Gari! Muxlislar ularni yaxshi kutib olishdi. Dominik hamda Aleksisning o'yinlari menga yoqadi, zo'r transferlar bo'ldi. Bundan xursandman. Endi ular bu yerda va mashg'ulotlarda barchamizni lol qoldirishadi", - dedi Klopp.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/LFC