Kloppning agenti: "Manchester Yunayted" va "Chelsi" Yurgenga murojaat qilgan

Sherzod Nurmatov
17 fev 2026
Agent Mark Kosicke nemis murabbiyining faoliyatini davom ettirish bo'yicha mavjud bo'lgan variantlari haqida fikr bildirdi.

"Liverpul"ning sobiq murabbiyi 2023/24 yilgi mavsum yakunida iste'foga chiqqan va hozirda "Red Bull" tizimida futbol bo'limi bo'yicha global rahbar lavozimida faoliyat yuritmoqda.

"Hozircha men uning murabbiylikka qaytishini tasavvur qila olmayman, chunki u bu muhitdagi yangi rolidan juda mamnun.

Ehtimol, bir payt kelib u yana kiyim almashtirish xonasining kayfiyatini his qilish kerak, deb aytar. Biroy hozirda u o'z rolidan juda qoniqmoqda. Red Bull'ga qo'shilishidan oldin Yurgen AQSH yoki Angliya terma jamoasining murabbiyi bo'lishi mumkin edi. Shuningdek, ehtimol Germaniya ham, agar u erda Yulian Nagelsmann bo'lmaganida.

Hatto "Chelsi" va "Manchester Yunayted" ham murojaat qilgan, biroq Yurgen Angliyadagi boshqa klubni boshqarmasligini ochiq-oydin aytgan. Bu so'rovlar to'xtagani yo'q", – dedi u.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ESPN