Klub afsonalaridan biri "Barselona"ni boshqarishni istaydi

Omonjon To`xtamirzayev
14 mar 2024
"Emireyts" klubi yarim himoyachisi Andres Inesta yaqin kelajakda "Barselona"ni boshqarish niyatida.

"Ideal holatda "Barselona" bosh murabbiyi bo'lishni istardim, ammo bungacha ma'lum yo'lni bosib o'tish zarur. Men hamon professional futbolchiman va hozircha murabbiylik licenziyam yo'q. Men murabbiylik bo'yicha ham, sport direktori licenziyasini ham olaman. Uyog'ini vaqt ko'rsatadi", - dedi Inesta.

Eslatib o'tamiz, Inesta "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2002 - 2018 yillar davomida "ko'k-anorranglilar" asosiy tarkibida harakat qilgan.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: as.com