Klublar o'rtasidagi JCH vaqtida "Real"ni boshqa murabbiy boshqarishi mumkin

Mirjalol Normatov
2 may 2025
Santyago Solari klublar o'rtasidagi mundial vaqtida "Real" bosh murabbiyi bo'lishi mumkin.

"Madrid Xtra" nashrining yozishicha, klubdagilar jamoaga yangi keladigan bosh murabbiy Xabi Alonsoning yangi mavsum uchun rejasiga kirmaydigan futbolchilar bilan ishlashini mantiqsizlik deb hisoblashgan.

Solarida "Real" bosh murabbiyligi bo'yicha tajriba bor. U 2018 yilda Xulen Lopetegidan jamoani qabul qilib olgan va klublar o'rtasidagi jahon chempionati sovrinini qo'lga kiritgandi.

Solari 2000-2005 yillarda "Real" tarkibida o'ynagan. O'shanda u jamoa bilan bir marta YCHL va ikki marta Ispaniya chempionligi sovriniga ega chiqqandi. Ayni damda u "Real" tizimida ish olib bormoqda.



Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Madrid Xtra