Kolashinac "Shalke"ga ijara asosida yo'l olishga yaqin

Alisher
31 dek 2020
"Arsenal" himoyachisi 2012-2017 yillar davomida o'ynagan klubi "Shalke"ga qaytishga yaqin.

27 yoshli bosniyalik futbolchi Gelzenkirxen klubiga yanvarda ijara asosida yo'l oladi, shu bilan birga "Arsenal" o'yinchi maoshining bir qismini to'lashda davom etadi.

Kolashinac joriy mavsum Angliya Premer-ligasi doirasidagi 1ta o'yinda maydonga tushdi.

Eslatib o'tamiz, himoyachi 2013 yildan beri Bosniya va Gertsegovina terma jamoasi sharafini himoya qiladi.


AlisherMuallif
Manba: Sky Sport