Koman PSJdan ketgani haqida: “Nazarimda, ular sabr qilolmaydi”

Eldor Akmurzayev
23 mar 2022
“Bavariya” yarim himoyachisi Kingsli Koman 2014 yil PSJdan ketgani sababini tushuntirdi.

“Gap pulda emasdi. Ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishni xohlardim, ammo PSJda bunday imkoniyat yo'q edi. Meni ijaraga berishlarini so'radim, lekin praijliklar rahbariyatidan rad javobini oldim va shundan keyin kyetishga qaror qildim. PSJdagi holatning chigalligi shundaki, ular tezda natijaga erishishni xohlashadi. Yosh futbolchilarni yetishtirib, qisqa fursatda nimadir qila olmaysiz. 3-4 yil kutish kerak. Balki, ularga sabr-toqat yetishmaytogandir”, deydi Koman.

Eslatib o'tamiz, futbolchi PSJdan “Yuventus”ga o'tgan va bir yildan so'ng ijara asosida “Bavariya” safiga qo'shilgandi. 2017 yilda esa u myunxenliklarning to'laqonli a'zosiga aylangan.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Canal+