KONKAKAF JCH-2022 saralash bahslariga o'zgartirish kiritdi

Eldor Akmurzayev
10 iyul 2019
KONKAKAF (SH.Amerika) federatsiyasi 2022 yili Qatarda bo'lib o'tadigan jahon chempionatining saralash bahslariga biroz o'zgartirish kiritdi.

Kvalifikaciya bahslari ikki bosqichdan iborat bo'ladi. Ularning birinchisida, FIFA reytingiga ko'ra eng kuchli olti terma jamoa bitta guruhga jamlanadi va ikki davra ko'rinishida o'yinlar bo'lib o'tadi. Guruhning eng yaxshi uch jamoasi mundial yo'llanmasiga to'g'ridan-to'g'ri ega chiqadi. To'rtinchi o'rindagi terma jamoa esa ikkinchi bosqich g'olibi bilan pley-off uchrashuvida qatnashadi.

Demak, KONKAKAFning ikkinchi saralash bosqichi haqida.

Qitaning qolgan 29 termasi 8 guruhga (5tasi 4tadan, 3tasi esa 3tadan) ajratiladi. Guruh peshqadamligini qo'lga kiritgan jamoalar chorak finalga chiqadi va yarim final hamda final uchrashuvlaridan so'ng esa g'olib nomi aniqlanadi. Qayd etish joizki, mazkur o'yinlar ham uy va safar tizimida o'tkaziladi.  Ushbu saralashda zafar quchgan terma esa kvalifikaciyaning ilk bosqichida to'rtinchi o'rinni egallagan jamoa bilan bahs olib boradi. O'z navbatidan mazkur juftlik g'olibi boshqa konfederatsiya vakili bilan jahon chempionatiga chiqish uchun ajratilgan yarimta yo'llanma uchun kurashadi.

TAS-IX emas



Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia