

Portugaliyalik "Chelsi" bilan uch marotaba Angliya chempioniga aylandi, Angliya Kubogini qo'lga kiritdi va uchta Angliya liga Kubogi egasiga aylandi.
"Kelajakda Mourinyoning muvaffaqiyatlarini takrorlashga umid qilaman. U muxlislar qalbida qolganini bilaman. Bu ajoyib, chunki Joze shunga munosib.
Joze "Chelsi" tarixida iz qoldirishga muvaffaq bo'ldi. Asosiysi insonlar bu haqida unutmasligi. Uni hurmat qilaman, chunki Mourinyoda g'oliblik ruhi bor, menga uning mentaliteti yoqadi. Har bir ishqiboz uni hurmat qilishi kerak" - deydi Konte.
"Chelsi" va "Manchester Yunayted" o'rtasidagi Angliya Kubogi chorak final uchrashuvi bugun bo'lib o'tadi.



