Koronavirus bilan kasallangan Maldini o'zi va o'g'lining holatini gapirdi

Eldor Akmurzayev
24 mar 2020
“Milan” direktori Paolo Maldini hamda uning o'g'li Daniel yaqinda COVID-19 infekciyasini yuqtirib olgani ma'lum bo'lgandi.

“Ijtimoiy tarmoqlar orqali men va o'g'limning sog'lig'ini so'rab, qo'llab-quvvatlagan hamda bizga qayg'urganlarning barchasiga minnatdorchilik bildiraman. Bizda hammasi yaxshi, 1 haftadan keyin tuzalib kyetishimiz kerak.

Shuningdek, favqulodda vaziyatda vazifasiga professional yondashgan shifokorlar, hamshiralar, tibbiyot xodimlari va huquqni muhofaza qilish vakillariga rahmat aytmoqchiman. Sizlar bizning italiyalik ekanligimiz bilan faxrlanishimizga sababchisiz”, deydi “rossonerilar” afsonasi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Football Italia