Kosovo termasi ustozi: "Oyog'ini sindirib bo'lsa-da, Sterlingni to'xtatamiz"

Mirjalol Normatov
17 noya 2019
Kosovo termasi bosh murabbiyi Bernar Shalland Angliya termasi yetakchisi Rahim Sterlingni to'xtatish borasidagi savolga javob berdi.

"Fakt - Sterling bizga qarshi o'yinga tayyor. Ammo bu biz uchun yaxshi yangilik emas. U o'z poziciyasidagi eng yaxshi futbolchilardan biri va darvozamizga gol urish uchun barcha ishni qilishga tayyor. Uni to'xtatish uchun butun jamoa bo'lib pressing qilishga tayyormiz. Bu o'xshamasa, uning oyog'ini sindiramiz. Biroq ish bungacha yetib bormasa kerak", - dedi Shalland.

Kosovo - Angliya uchrashuvi bugun kechasi bo'lib o'tadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: AFP