Kosta "Liverpul"ga qarshi o'ynashi mumkin

AS xabariga ko'ra, Madridning "Atletiko" klubi hujumchisi Diego Kostaning "Liverpul"ga qarshi (YCHL nimchorak final) uchrashuvga qadar to'la tiklanishi aniq bo'lib ulgurgan.

Forvard o'tgan yilning noyabr oyidan buyon umurtqa pog'onasidagi muammolar tufayli o'ynamaganidan xabaringiz bor. Kostaning 18 fevral kuni maydonga qaytishi taxmin qilinmoqda. Bu "Vanda Metropolitano"da o'tkaziladigan "Liverpul"ga qarshi bahsga to'g'ri keladi. Hozircha "matraschilar" tomonidan hech kim bu ma'lumotni tasdiqlamadi.


Manba: AS