Koutino Qatar klubiga o'tishga yaqin

Alisher
30 avg 2023
"Aston Villa" yarim himoyachisi Filippe Koutino Qatarning "Al Duhayl" jamoasiga o'tishi deyarli aniq bo'ldi.

Bu haqda insayder Fabricio Romano xabar berdi.

Unga ko'ra, birmingemliklar 31 yoshli braziliyalikni Qatar chempionlariga sotishga rozi bo'lgan .

Yarim himoyachining "Aston Villa" bilan bitimi 2026 yilning yozida yakuniga etadi.

Koutino o'tgan mavsum klub safida 22 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta to'p kiritgan.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano