Krishtianu Ronaldu: "Mavsum o'rtasida hech kim chempion bo'lmaydi"

Mirjalol Normatov
28 dek 2025
"Al Nassr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoasining Saudiya Arabistoni chempionatida yetakchilik qilayotgani haqida gapirdi.

Bugun Ar-Riyod jamoasi chempionatning 11-turida "Al Uhdud"ni qabul qilib, 3:0 hisobida g'alabaga erishdi. "Al Nassr" 10 o'yinda 30 ochko jamg'arishga muvaffaq bo'ldi.

"Biz to'g'ri yo'ldamiz, shu ruhda davom etishimiz kerak. Mavsum hali uzoq davom etadi. Biz yaxshi o'yin o'tkazdik, uchta gol urdik, shunday darajani ushlab qola olishimiz kerak. Mavsum o'rtasida hech kim chempion bo'lmaydi.

Faqatgina keyingi o'yin haqida o'ylayapmiz. Har uch kunda qiyin o'yinlar borligini bilamiz. Asosiysi - tezda tiklanib, barchasiga tayyor turish. Bugun xursandmiz, endi keyingi o'yinga tayyorlanamiz", - dedi Ronaldu.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: A Bola