Kulibalining "Al Hilol"ga transferi tafsilotlari ma'lum bo'ldi

Omonjon To`xtamirzayev
19 iyun 2023
"Chelsi" himoyachisi Kalidu Kulibali "Al Hilol" bilan kelishuvi tafsilotlari oshkor bo'ldi.

Ma'lumotlarga qaraganda, London klubi ushbu transferni imkon qadar tezroq hal qilib, e'tiborini tarkibini shakllantirishga qaratmoqchi.

Senegallik "Al Hilol" bilan 2026 yilgacha shartnoma imzolaydi va har mavsum 25 mln evrodan maosh oladi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport