Kurtua ketsa, "Chelsi" Chexni qaytarishi mumkin

Aslanov Jasurbek
18 iyul 2018
"Chelsi" rahbariyati "Arsenal"da o'ynayotgan darvozabon Pet Chexni qaytarishi mumkin.

Klubning asosiy posboni Tibo Kurtua jamoani tark etsa, "ko'klar" Chexni xarid qilishga urinib ko'rishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Chelsi" qiziqishlari doirasiga "Lester Siti" darvozaboni Peter Shmeyxel ham kirgan edi.

Oldinroq, Kurtua "Real"ga o'tishga yaqinligi xabar qilingandi. Belgiyalik posbon hamda "Chelsi" o'rtasidagi bitim keyingi yil yakuniga etadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports