

"Keylorni qattiq hurmat qilaman. U ketma-ket uch marta YCHL bosh sovrinini qo'lga kiritdi. Biroq bu raqobat. Zaxirada o'tirish hech kimga yoqmagan. Bilaman, bu ham unga yoqmayapti. Ammo u mashg'ulotlarda yaxshi ishlamoqda. Ikkimizning oramizda yomon munosabatlar yo'q. Ikki darvozabon chin dildan mehnat qilmoqda", - dedi Kurtua.



