Kurtua "Real" bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin

Alisher Ostonov
11 may 2025
Tibo Kurtua "Real"da o'ynashda davom etmoqchi.

Belgiyalik posbon tez orada klub bilan kelishuvni uzaytirishi mumkin. Bu haqda insayder Nikola Skira xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, kiper bilan yangi kelishuv 2027 yilgacha mo'ljallangan.

Joriy mavsumda Kurtua "Real" safida barcha musobaqalarda 44 ta o'yinda maydonga tushdi va ularning 14 tasida gol o'tkazmadi. Uning bozor qiymati 25 mln evroga baholanmoqda.

Avvalroq, Kurtua Belgiya terma jamoasiga qaytish niyati borligini ma'lum qilgandi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: x.com/NicoSchira