Lamin Yamal YUNISEF elchisiga aylandi

Sherzod Nurmatov
21 noya 2024
"Barselona" va Ispaniya terma jamoasi yosh yulduzi Lamin Yamal YUNISEF elchisi bo'ldi.

Bu haqda futbolchi va jamg'arma ijtimoiy tarmoqlarda ma'lum qildi. Videoda Yamal akasiga bolalar huquqlariga bag'ishlangan maktubini o'qiydi:

"Bugun men senga va butun dunyodagi har bir bolaga murojaat qilaman:

"Hech qachon o'ynashni unutma", – degan ispaniyalik video izohida.

"Ko'k-anorranglilar"ning 17 yoshli futbolchisi joriy mavsum barcha turnirlarda 16 o'yin o'tkazib, 6 ta gol urdi va 8 ta golli pas uzatdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: beIN SPORTS