Laporta: Barselona La Ligada chempion bo'lishiga ishonchim komil

Nozimov Nig'monxo'ja
10 dek 2023
Joan Laporta "Barselona" bu mavsumda ham La ligada g'olib chiqishiga ishonmoqda.

"Bu mavsum ham mamlakat chempionligini qo'lga kiritishimizga ishonchim komil. Chunki jarohat olgan yarimhimoyachilarimiz safga qaytishdi. 

"Atletiko"ga qarshi bahsda o'yinni qanday nazorat qilganimizni bir ko'ring. To'p Barsada bo'lar ekan, boshqalarning bellashuv nazoratini qo'lga olishi imkonsiz bo'lib qoladi. 

Albatta, chempionlik uchun imkoniyatlarimiz bo'ladi. Ishonamanki, biz buni uddalaymiz", - deydi Kataloniya klubi prezidenti. 

Eslatib o'tamiz, La Ligada 15-turdan so'ng 34 ochko jamg'argan ko'k-anorranglilar peshqadam Real va Jironadan 4 ochkoga ortda qolib, turnir jadavalida 3-o'rinni egallab turibdi. Klub yakshanba oqshomida Jironaga qarshi o'ynaydi.    


Nozimov Nig'monxo'jaMuallif
Manba: championat.com