Lempard: "Faoliyatimni davom ettirish uchun variantlar bor"

Aslanov Jasurbek
7 yanv 2017
"Chelsi" va "Manchester Siti" sobiq futbolchisi Frenk Lempard unda faoliyatini davom ettirishi uchun variantlar mavjudligini aytdi.

"Faoliyatimni davom ettirish uchun variantlar bor. Formani ushlab turish uchun shug'ullanib turibman. Baxtimga, faoliyatim muvaffaqiyatli o'tdi, hozir esa undagi eng so'nggi to'g'ri qarorni qabul qilishim kerak. Bu muhim, ammo qishki transfer borasida xotirjamman. Ko'ramiz" - deydi Lempard.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Star