Lempard: "Kante bugungi kunda jahonning eng yaxshi yarim himoyachisi"
Aslanov Jasurbek
14 mar 2017
"Chelsi" sobiq futbolchisi Frenk Lempard jamoa yarim himoyachisi N'Golo Kante haqida fikr bildirdi.
"Kantening bugungi formasiga qarab, uni jahonning eng yaxshi yarim himoyachisi deya olaman. U kam gol urar, biroq uning o'yiniga e'tibor bersangiz, ayni damda dunyo futbolida undan yaxshiroq yarim himoyachi yo'qligini bilasiz" - deydi Lempard.