"Levante"ga qarshi o'yinda Ramos "Real"ga yordam bera olmaydi

Mirjalol Normatov
28 yanv 2021
"Marca" xabariga ko'ra, "Real" himoyachisi Serxio Ramos klub lazaretida qolgan.

Nashrning yozishicha, shu sababli u "Real"ning bugungi mashg'ulotlarida ishtirok etmagan. Uning "Levante"ga qarshi o'yinda ishtirok etishi deyarli ilojsiz.

Ramos so'nggi uchrashuvini 14 yanvar kuni o'tkazgandi. O'shanda "Real" Ispaniya Superkubogida "Atletik"ka mag'lub bo'lgan, Ramos esa uchrashuvni og'riq qoldiruvchi dorilar bilan o'tkazgandi.

"Real"ning "Levante"ga qarshi o'yini shanba kuni bo'lib o'tadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca