Lineker: "Liverpul"ni sovun pufagi bo'lgan deb o'ylashni boshlayapman"

Alisher
3 iyul 2020
Angliya terma jamoasi sobiq futbolchisi Gari Lineker "Man Siti"ning APL 32-turi doirasidagi "Liverpul" ustidan qozongan yirik g'alabasiga izoh berdi.

"Men allaqachon "Liverpul"ni sovun pufagi bo'lgan deb o'ylashni boshlab yubordim", - deb yozgan Lineker "tvitter" sahifasida.

Kecha Yurgen Klopp shogirdlari "Etixad"da 0:4 hisobidagi yirik mag'lubiyatni qabul qilib oldi.

Eslatib o'tamiz, "Liverpul" APLning joriy mavsumdagi chempioniga aylandi. Bundan oldingi ikki chempionlik esa "Siti"ga tegishli.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/GaryLineker