Lionel Messi: "Umid qilamanki, qachondir qaytaman"

Khoja
11 noya 2025
"Barselona" afsonasi Lionel Messi Kataloniya klubining uy stadioni "Kamp Nou"ga tashrif buyurdi.

"Kecha kechqurun butun qalbim bilan sog'inadigan joyimga qaytdim. Bu - meni behad baxtiyor qilgan, siz meni ming martalab dunyodagi eng baxtli odam sifatida ko'rgan maskan. Umid qilamanki, qachondir qaytaman", - deb fikr bildirdi Messi.

El Partidazo de COPE xabariga ko'ra, argentinalik futbolchining tashrifi maxfiy bo'lgan - u kechasi stadionga kelgan va o'zi xodimlardan uni ichkariga kiritishni so'ragan. "Barselona" vakillari bunga rozi bo'lgan va ular, "Messi har doim bizning muhim mehmonimiz bo'lib qoladi", deb aytgan.


KhojaMuallif
Manba: El Partidazo de COPE