"Liverpul" Darvin Nunes bo'yicha qaror qabul qildi

Alisher Ostonov
19 apr 2025
"Liverpul" yozda urugvaylik hujumchi Darvin Nunesni sotib yuboradi.

Qayd etilishicha, futbolchiga Yevropaning bir qator klublari qiziqish bildirgan. Qiziquvchi jamoalar "Liverpul" muzokaralarga tayyorligini bilishadi, Nunesning o'zi esa yangi chaqiruv izlamoqda.

"Liverpul" va Darvin Nunes 2022 yilda mehnat shartnomasini imzolagan. Urugvaylik futbolchi "qizillar" safidagi faoliyati davomida 138 ta o'yin o'tkazib, ularda 40 ta gol va 26 ta assist qayd etdi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano