“Liverpul” Sakoni sotib olganligini e'lon qildi

“PSJ” klubi himoyachisi Mamadu Sako “Liverpul” klubiga o'tdi, deb xabar beradi inglizlar klubi rasmiy sayti.

23-yoshli fransiyalik futbolchi tibbiy ko'rikdan mavaffaqiyatli o'tib, uzoq muddati shartnomaga qo'l qo'ygan.

Avval berilgan xabarlarda, Sako “Liverpul”ga 23 million evroga o'tishi, futbolchining shartnoma esa 4 yilga mo'ljallangan bo'lishi haqida ma'lumot keltirilgan edi.


Manba: sports.ru