"Liverpul" yanvarda "Lill" himoyachisini xarid qilishga urinib ko'radi

Alisher
1 yanv 2020
"Liverpul "Lill" himoyachisi Sven Botmanga qiziqish bildirmoqda.

"Lill" niderlandiyalik futbolchini "Ayaks"dan 8 million evro evaziga xarid qilgan.

"Lill" agar o'yinchi uchun to'laganlaridan ikki baravarini taklif qilishsa, u bilan xayrlashishga rozi bo'lishadi. Tomonlar muzokaralar olib bormoqda. Futbolchining agenti Botmanning yanvarda "Liverpul"ga o'tish ehtimoli yuqori ekanligini aytdi.

Eslatib o'tamiz, ayni damda "Liverpul" Virjil van Deyk va Joel Matipning jarohati sabab himoyachiga ehtiyoj sezmoqda.


AlisherMuallif
Manba: championat.com