Loftus-Chik: "Bizga Modrichning tajribasi kerak"

Alisher Ostonov
20 iyul 2025
Xorvatiyalik yarim himoyachi Luka Modrich "Milan" futbolchisiga aylandi, u kamida kelasi mavsumni shu klubda o'tkazadi.

"Milan"ning angliyalik yarim himoyachisi Ruben Loftus-Chik u haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Modrichga qarshi o'ynaganman. Hamma ham "Oltin to'p"ni qo'lga kiritgani bilan maqtana olmaydi. U yuqori darajadagi futbolchi, ajoyib faoliyat olib borgan va bizga uning tajribasi kerak. U jamoaga ko'p narsa bera olishiga ishonaman", - dedi Ruben Loftus-Chik.

Eslatib o'tamiz, Ruben Loftus-Chik 2023 yildan buyon Italiyaning "Milan" klubi sharafini himoya qilib kelmoqda.


Alisher OstonovMuallif
Manba: pianetamilan.it