“Lokobol-2019” Markaziy Osiyo bosqichi g'olibi – “Odil Junior”

Narzulla Saydullayev
10 may 2019
Tojikistonning Xo'jand shahrida 5 kun davom etgan Lokobol musobaqasining 1-bosqichi o'z yakuniga etdi.

Jami 12ta jamoa ishtirok etgan bosqichda Markaziy Osiyoning kuchli jamoalari maydonga chiqdilar. Asosiy favorit Olma Otaning “Qayrat” jamoasi bilan bir guruhdan olgan Odil Ahmedov akademiyasi tarbiyalanuvchilari Zayniddin Tojiev va Jahongir Usmonov qo'l ostida yakunda bosh sovringa ega chiqdilar.

13-marotaba o'tkazilayotgan mazkur musobaqa DFL kompaniyasinng eng yirik musobaqasi sanaladi. 96ta shaharda bo'lib o'tadigan dastlabki bosqichda 1500dan ortiq jamoa 96ta hudud g'olibligi uchun kurash olib boradilar. Ikkinchi bosqich 13ta shaharda bo'lib o'tadi. U yerda g'olib bo'lgan jamoalar esa Mosvada bo'lib o'tadigan final bosqichiga yo'l oladilar va u yerda mezbon “Lokomotiv” hamda bu yilgi mehmon “Benfika” klubi ishtirokidagi super final bahslari bo'lib o'tadi.

“Lokobol-2019”. Xo'jand.
Final. “Odil Junior” – “Spartak” 1:1 (6:5 penaltilar seriyasi)


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia