Lopetegi "Real" o'yinchilari bilan xayrlashdi

Tolibjon Qosimov
29 okt 2018
"Real" bosh murabbiyi Xulen Lopetegi LaLiga doirasida "Barselona"dan uchralgan mag'lubiyat (1:5)dan so'ng jamoa bilan xayrlashgan.

Bu katta ehtimoliy iste'fo bilan bog'liq.

52 yoshli mutaxassis Madrid klubi futbolchilariga birgalikda ishlaganliklari uchun rahmat aytdi, ularga omad tiladi va gaplarini quyidagi so'zlar bilan yakunladi: "Har ehtimolga qarshi sizlar bilan xayrlashib qo'yay".

Oldinroq, "Real" bugun Lopetegini ishdan bo'shatishi va uning o'rniga "Chelsi" sobiq ustozi Antonio Konteni tayinlashi ma'lum qilingan edi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: marca.com