Loris: "Pogbaning MYUdagi o'yini aytishayotganidek yomon emas"

Aslanov Jasurbek
18 okt 2018
"Tottenxem" va Fransiya terma jamoasi posboni Ugo Loris hamyurti va "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba o'yini haqida fikr bildirdi.

"Manchester Yunayted"ning hamma o'yinlarini ko'rmayman. Pogbaga bu yerda boshqacha e'tibor berishadi. Bu futbolchiga to'langan katta mablag' tufayli bo'lsa kerak. Bazida odamlar unga adolatsiz baho berishadi. Hozir Pol ancha tajribali futbolchiga aylangan. U nima qilish kerakligini biladi va buni terma jamoadagi o'yinlarda isbotlamoqda.

Uning "Manchester Yunayted"dagi o'yini aytishayotganidek yomon emas. U kutilayotgan natijani qo'lga kirita olmayotgan jamoaning bir qismi. Bu fakt, ammo ular hali ham kuchli jamoa" - deydi Loris.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: FourFourTwo