Luka Modrich "Napoli"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi

Mirjalol Normatov
28 noya 2023
"Real" futbolchisi Luka Modrich YCHLdagi o'yinni o'tkazib yuboradi.

Ko'p yuklama olgani sababli yarim himoyachi o'yindan oldingi mashg'ulotni o'tkazmadi. Biroq unda jiddiy jarohatlar ham yo'q.

Modich YCHL 5-turi doirasida "Napoli"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi. Xorvat "Granada" yoki "Betis"ga qarshi o'yingacha safga qaytishi kutilmoqda.

"Real" va "Napoli" o'rtasidagi o'yin ertaga tunda o'tkaziladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: As