Luka Toni: "Yana Italiya termasida o'ynashga tayyorman"
Narzulla Saydullayev
14 noya 2013
"Verona" hujumchisi Luka Toni agar Chezare Prandelli uni chaqirsa Italiya termasiga qaytishga tayyor.
– Besh yil oldin futbolchi milliy terma jamoadagi faoliyatini tugatgandim. Ammo agar Prandelli meni chaqirsa hech qachon rad javobini bermayman. Mening yordamim kerak bo'lsa albatta yordam beraman, - deydi Toni Football Italia nashriga.