Lukaku faoliyatidagi eng muhim murabbiylik nutqi haqida gapirdi

“Inter” forvardi Romelu Lukaku jamoasi murabbiyi Antonio Kontening A Seriya doirasida “Milan”ga (4:2) qarshi bellashuvning tanaffusi vaqtida so'zlagan nutqi haqida gapirdi.

O'sha bellashuvda “Inter” birinchi bo'limdan so'ng “Milan”ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berayotgan bo'lishiga qaramay, yakunda 4:2 hisobida g'alaba qozongan edi.

Faoliyatidagi eng muhim nutq haqida

“Uni Konte so'zlagan edi. O'shanda biz birinchi bo'limdan keyin ikki to'p farqi bilan yutqazayotgandik. U umuman baqirmadi. U shunchaki bizga nima qilishimiz lozimligini  va qanday qilib bo'sh zonalarni topishimizni aytdi. Biz uning barcha aytganlarini amalga oshirdik. 

“Inter”dagi faoliyati haqida

“San Siro” to'la muxlislar qarshisida “Inter” tarkibida maydonga tushish yoqimli. Bunday holatlarni qadriga etaman, menga zavq bag'ishlaydi. “Inter” safidagi eng chiroyli golim “Jenoa” darvozasiga kiritgan ikkinchi golim. Men qo'limdan nimalardir kelishini isbotlay olganman!”

APLdagi faoliyati haqida

“Ochig'ini aytishim kerak, “Everton”dagi faoliyatim davomida ko'p narsalar menga maqul edi. “Chelsi” va MYU safida to'p tepganda ham yoqimli xotiralar bilan esda qolgan. Bu yerda bir jamoa menga Angliyaga qaytishimga va sevimli futbolchilarimdan ko'p narsalar o'rganish imkonini bergan bo'lsa, boshqa bir klub yana bir qadam olg'a siljishga, YCHLda to'p tepishga imkon bergan”

A seriya va APLning farqi haqida

Taktik nuqtayi nazardan olib qaraganda har hafta seni haqiqiy sinov va mashaqqatli o'yin kutib turadi. APLda esa o'yin surati juda tez edi”, deya o'zining Tvittyerdagi sahifasida fikrlarini bildirib o'tdi Lukaku.



Manba: Ромелу Лукакунинг Твиттер саҳифаси