Lukaku: "Jarohatlar – futbolning bir qismi"

Sherzod Nurmatov
21 avg 2025
"Napoli" hujumchisi Romelu Lukaku "Olimpiakos" bilan o'rtoqlik uchrashuvida (2:1) olgan jarohati haqida gapirdi.

"Oxirgi bir necha kundagi xabarlar uchun barchangizga rahmat. Qo'llab-quvvatlovlar uchun juda minnatdorman. Ko'ngilsizliklar sodir bo'ladi va jarohatlar o'yinning bir qismidir. Lekin Xudoning marhamati bilan o'zimni yaxshi his qilyapman nima bo'lishidan qati nazar o'zimni yaxshi his etyapman. Tez orada ko'rishguncha", – dedi Lukaku.

Avvalroq Lukaku chap sonidan jiddiy jarohat olgani, buning uchun jarrohlik amaliyoti talab qilinishi haqida ma'lumotlar paydo bo'lgandi.

Lukaku o'tgan mavsum 36 o'yinda ishtirok etib, 14 ta to'p kiritgan va 10 ta golga assistentlik qilgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Brussels Times