Lukaku "Liverpul" bilan o'yin qaydnomasiga kiritilmaydigan bo'ldi

Mirjalol Normatov
2 yanv 2021
Hujumchi Romelu Lukaku APLning 21-turi doirasida "Chelsi" - "Liverpul" uchrashuvida ishtirok etmaydi.

"The Athletic" xabariga ko'ra, futbolchi bugungi o'yin qaydnomasidan o'rin olmaydi. Romelu o'tgan ikki o'yinda ikki gol urishga erishgandi.

Ushbu haftada futbolchi "Inter"dan kyetishi borasida intervyu berdi va bu nafaqat "neradzurri" muxlislariga, balki, "Chelsi" ustozi Tomas Tuxelga ham maqul kelmagan. Shu sababli forvard bugungi o'yinda qatnashmasligi aniq bo'lib ulgurgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Athletic