Lyov yoki Bilich kelishiga Kapadze nima deydi?

Iskandarov Abdulaziz
18 iyul 2025
So'nggi paytlarda O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyligiga Yoaxim Lyov yoki Slaven Bilich nomzodi ko'rib chiqilayotgani haqida xabarlar bong urmoqda.

Albatta bu borada terma jamoamiz ustozining fikrlari qiziq. Timur Kapadzega mazkur mavzu yuzasidan murojaat qildik.

"To'g'risi, nima bo'layotganini tushunmayapman. Men ham bu xabarni ijtimoiy tarmoqlarda ko'rdim. Menga O'FAdan hech kim ma'lumot bergani yo'q. Kimnidir olib kelish borasida ham hech narsa deyishmadi. Bu xabarga nimadir deb javob berish qiyin. Menga berilgan vazifani bajardim. Qolganini vaqt ko'rsatadi. Nasib bo'lsa ishlaymiz, bo'lmasa boshqa joyda.  

Bu feyk xabarmi yoki jarayon ketyaptimi hech kim ma'lumot bermadi. Hozir terma jamoa murabbiyiman. Ishlashda davom etyapman",- deydi Timur Kapadze.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia