

Maldinilarning kichigi Avstriyadagi mashg'ulotlar chog'ida klubdagi sheriklari bilan xayrlashgan. Qiziq tomoni, uning jamoadoshi Temue Bakayoko bundan bexabarligi ma'lum bo'lgan va Danielning xayrlashayotganidan biroz hayratlangan. Keyinchalik 20 yoshli xavbek "Chelsi"ning sobiq futbolchisiga vaziyatni tushuntirgan.
Eslatib o'tamiz, Maldini o'tgan mavsum "Milan" safida 12 o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgandi.



