"Man Siti" Grilishning transferi bo'yicha juda katta qadam tashladi

Aslanov Jasurbek
28 iyul 2021
Jek Grilish "Manchester Siti"ga o'tishi mumkin.

The Athletic nashrining xabar berishicha, "Manchester Siti" va "Aston Villa" o'rtasidagi muzokaralar oxirgi bosqichlariga chiqqan. Ammo, hammasi hal bo'lganicha yo'q.

Gvardiolaga yaqin manbaning ma'lum qilishicha, Gvardiola Grilishni muntazam ravishda "sakkizlik" poziciyasida o'ynatmoqchi. Grilishga esa bu yoqib tushgan. Jek "Siti" tarkibida Ilkay Gundoganning o'rnini egallaydi.

"Manchester Siti" klubini shu yozda Bernardu Silva ham tark etishi kutilmoqda. Ammo, Grilishga portugaliyalik futbolchining vazifasi yuklatilmaydi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Athletic