“Man Siti”ning dekabrdagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

Eldor Akmurzayev
12 yanv 2022
“Manchester Siti” a'zosi Riyod Maxrez jamoaning dekabrdagi eng yaxshi futbolchisi deb yopildi.

Unga 80 foiz ishqiboz ovoz bergan. Keyingi o'rinlardan esa Kevin de Bryuyne (11%) va Raxim Sterling (9%) joy oldi.

Maxrez o'tgan oy 6 uchrashuvda qatnashib, 4+3 natija ko'rsatdi. Avvalgi uch oyda esa Bernardu Silva “shaharliklar”ning eng yaxshi futbolchisi bo'lgandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: mancity.com