"Manchester Yunayted" Guarin bilan qiziqib qoldi

Aslanov Jasurbek
23 okt 2014
"Inter" yarim himoyachisi Freddi Guarin "Manchester Yunayted"ning qiziqishlar doirasiga tushib qoldi.

Xabar qilinishicha, mankunianlar Guarinni Arturo Vidal o'ringa sotib olishmoqchi. Futbolchining o'zi "Manchester Yunayted"ga o'tishga va "Zenit"ga rad javobini berishga tayyor. Transfer qishda bo'lishi kutilmoqda.

Guarin bu mavsumda "Inter" safida besh marotaba maydonga tushib ikki golga mualliflik qilgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com