“Manchester Yunayted” - “Stok Siti”. Van Persi maydonga tushishga tayyor

“Stok Siti”ga qarshi o'yindan oldin “Manchester Yunayted” klubi bosh murabbiyi Devid Moyes jamoadagi jarohat olgan futbolchilar haqida ma'lumot berib o'tdi.

“Roben van Persida “Stok”ga qarshi o'yinda maydonga tushish imkoniyati mavjud. Futbolchida jarohat bo'yicha kichik muammo bor, biroq o'yingacha barchasi o'z o'rniga tushadi.

Danni Uelbekning tizzasidagi jarohati jiddiy, bundan tashqari Tom Kleverlida ham muammo mavjud, fikrimcha ular o'yinni o'tkazib yuborishadi. Lekin jamoadagi boshqa futbolchilarda hech qanday muammo yo'q”, - deydi Devid Moyes.


Manba: sports.ru