“Manchester Yunayted“ “Yuventus“ futbolchisini sotib olmoqchi

Khoja
13 iyun 2025
“Manchester Yunayted“ “Yuventus“ yarim himoyachisi Duglas Luisga qiziqish bildirmoqda.

Bu haqida Give me Sport nashri xabar bermoqda. Turin klubi futbolchini 35 million evroga sotib yuborishni reja qilgan. Luisga qarshi MYUdan tashqari, “Nottingem Forest“ va “Aston Villa“ qiziqish bildirmoqda.

Eslatib o'tamiz, Duglas 2024 yilning yozida “Aston Villa“dan Turinga ko'chib o'tgandi. U o'tgan mavsum 26 ta uchrashuvda maydonga tushdi.


KhojaMuallif
Manba: Give me Sport