Manolas Suaresga “Roma”dan uchralgan mag'lubiyatni eslatdi

“Barselona” va “Napoli” (0:4) o'rtasida kechgan o'rtoqlik uchrashuvi vaqtida kataloniyaliklar hujumchisi Luis Suares va neapolliklar himoyachisi Kostas Manolas o'zaro tortishib qolishdi.

Dahanaki jang ortidan Manolas  Suaresga uchta barmog'ini ko'rsatib, unga “Barselona”ning 2017/18 yilgi mavsumda “Roma”dan (0:3) uchralgan mag'lubiyatni eslatgan.

Eslatib o'tamiz, o'shanda “Barsa” YCHL chorak finalida ilk uchrashuvda “Roma”ni 4:1 hisobida taslim etib, javob o'yinida Rimda 0:3 hisobida mag'lubiyatga uchragan va yakunda musobaqani tark etgandi. Manolas o'shanda rimliklar sharafini himoya qilgandi.


Manba: El Chiringuito TV