Marokash termasi forvardi Rossiya klubiga o'tishi mumkin

Omonjon To`xtamirzayev
5 okt 2023
Marokash terma jamoasi va "Pachuka" klubi hujumchisi Ussama Idrissi RPLga ko'chib o'tishi mumkin.

Bu haqida futbolchining agenti Annas Al Gush ma'lum qildi.

"Hozir Ussama Meksikada to'p tepmoqda, lekin biz takliflar uchun doimo ochiqmiz. Bugungi kunda men "Krasnodar" va "Zenit" bilan to'g'ridan-to'g'ri aloqadaman".

Bu mavsum Idrissi 2 ta o'yinda ishtirok etgan. Uning "Pachuka" bilan shartnomasi 2025 yilgacha mo'ljallangan. "Transfermarkt" portali 27 yoshli o'yinchi transferini 5,5 million evroga baholamoqda.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: soccer.ru